Osiyo chempionatida beshinchi kun bahslari start oldi!
11 Avgust 2026

Bugun, 11-avgust kuni o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining beshinchi kun bahslari o‘tkaziladi.
Musobaqa dasturiga muvofiq, soat 10:00 dan qizlar o‘rtasida -69 kg vazn toifasining “B” guruhi ishtirokchilari bahslarga kirishdi.
Soat 12:00 dan esa yigitlar o‘rtasida -85 kg vazn toifasining “B” guruhi sportchilari bellashuvlarda ishtirok etadi.
Kunning ikkinchi yarmida, soat 14:00 dan yigitlar o‘rtasida -70 kg vazn toifasining “A” guruhi sportchilari medallar uchun kurash olib boradi.
Soat 16:30 da esa yigitlar o‘rtasida -75 kg vazn toifasining “A” guruhi bahslari start oladi. Mazkur vazn toifasida hamyurtlarimiz Madyor Tursunboyev, Nurillo Davlatboyev va Tohir Turobov O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.
🤲 Sportchilarimizga bugungi bahslarda omad va muvaffaqiyat tilaymiz!
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
Barcha yangiliklar