6 ta rekord, 9 ta oltin — Beyralvanddan fenomenal natija!
11 Avgust 2026
16 yoshli eronlik og‘ir atletikachi Muhammad Javad Beyralvand -75 kg vazn toifasidagi ishtiroki davomida yuqori natijalarni qayd etdi.
U dast ko‘tarishda 145 kg, siltab ko‘tarishda 180 kg, ikki kurashda esa 325 kg natija qayd etib, har uchala yo‘nalishda ham o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo va jahon rekordlarini yangiladi. Umumiy hisobda sportchi 6 ta rekord qayd etdi.
Beyralvandning muvaffaqiyati medallar borasida ham tahsinga sazovor. U o‘smirlar, yoshlar hamda “Markaziy Osiyo ochiq chempionati” bahslarida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, musobaqani 9 ta oltin medal bilan yakunladi.
Yosh sportchining poytaxtimizdagi ishtiroki chinakam rekordlar va medallar shousiga aylandi!
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
Video Barcha yangiliklar