Osiyo chempionatida oltinchi kun bahslari start oldi!
12 Avgust 2026
Bugun, 12-avgust kuni o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining oltinchi kun bahslari o‘tkaziladi.
Musobaqa dasturiga muvofiq, soat 10:00 dan qizlar o‘rtasida -77 kg vazn toifasining “B” guruhi bahslari boshlandi. Ushbu vazn toifasida hamyurtimiz Durdona Nortojiyeva o‘z omadini sinovdan o‘tkazmoqda.
Soat 12:00 dan esa yigitlar o‘rtasida -95 kg vazn toifasining “B” guruhi ishtirokchilari bellashuvlarga kirishadi.
Kunning ikkinchi yarmida, soat 14:00 dan qizlar o‘rtasida -69 kg vazn toifasining “A” guruhi sportchilari medallar uchun kurash olib boradi. Mazkur vazn toifasida hamyurtlarimiz Kamola Kamilova, Shahnoza Haydarova va Nurhayot Qobilova O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.
Soat 16:30 da esa yigitlar o‘rtasida -85 kg vazn toifasining “A” guruhi bahslari start oladi. Ushbu vazn toifasida Azizbek Qutbiddinov, Otabek Karimov, Hikmatillo Haydarov va Boburmirzo Yoqubov yurtimiz sharafini himoya qiladi.
🤲 Sportchilarimizga bugungi bahslarda omad va muvaffaqiyat tilaymiz!
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
Barcha yangiliklar


