SHAHNOZA HAYDAROVA — OSIYO CHEMPIONATINING MUTLAQ CHEMPIONI!
12 Avgust 2026
Yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi sharafini munosib himoya qilayotgan Shahnoza Haydarova navbatdagi yorqin natijani qayd etdi!
-69 kg vazn toifasida bahs olib borgan hamyurtimiz siltab ko‘tarishda 121 kg natija qayd etib, ushbu yo‘nalishda yoshlar o‘rtasida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Ikki kurash yakuniga ko‘ra esa 220 kg natija qayd etgan Shahnoza barcha raqiblarini ortda qoldirib, yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionatining mutlaq chempioniga aylandi!
Shuningdek, sportchimiz o‘smirlar o‘rtasidagi bahslarda uchala yo‘nalish — dast ko‘tarish, siltab ko‘tarish va ikki kurashda ham oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, Shahnoza Haydarova mazkur chempionatda o‘smirlar va yoshlar hisobida jami 5 ta oltin va 1 ta kumush medalni qo‘lga kiritib, o‘zining yuksak mahoratini namoyish etdi!
Shahnoza Haydarovaning zafarli ishtiroki sharafiga ikki bor O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarilib, davlatimiz madhiyasi yangradi!
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
Barcha yangiliklar


