Bosh sahifa Tadbirlar Sportchilar Yangiliklar Aloqa
Yangiliklar

Nurhayot Qobilova — Osiyo chempionati sovrindori!

Nurhayot Qobilova — Osiyo chempionati sovrindori!

-69 kg vazn toifasida siltab ko‘tarish bahslarida ishtirok etgan qashqadaryolik sportchimiz 114 va 119 kg og‘irlikdagi toshlarni muvaffaqiyatli o‘ziga bo‘ysundirib, o’smirlar o’rtasida mazkur yo’nalishda kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Ikki kurash yakunida esa 212 kg natija qayd etgan Nurhayot mazkur yo‘nalishda ham kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Shu tariqa, Nurhayot Qobilova musobaqada 2 ta kumush va 1 ta bronza medal bilan O‘zbekiston delegatsiyasining medallar xazinasini yanada boyitdi!

Taqdirlash marosimida Sport vaziri Adham Ikramov ham ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etgan sportchilarimizni munosib g‘alaba bilan qutladi va ularga ezgu tilaklarini bildirdi.

💻Instagram | 🎞YouTube 

📝Telegram |  📝Facebook

Barcha yangiliklar