Bosh sahifa Tadbirlar Sportchilar Yangiliklar Aloqa
Yangiliklar

-85 KG VAZN TOIFASIDA HAMYURTLARIMIZDAN MEDALLAR SERIYASI!

-85 KG VAZN TOIFASIDA HAMYURTLARIMIZDAN MEDALLAR SERIYASI!

-85 kg vazn toifasidagi bahslar hamyurtlarimiz uchun omadli keldi. Mazkur vazn toifasida ishtirok etgan sportchilarimiz munosib natijalarni qayd etib, g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

O‘smirlar o‘rtasidagi bahslarda Otabek Karimov va Azizbek Qutbiddinov shohsupadan joy oldi.

Xususan, Otabek Karimov dast ko‘tarishda 148 kg natija qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Azizbek Qutbiddinov esa 141 kg natija bilan bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Siltab ko‘tarish bahslarida Azizbek Qutbiddinov 178 kg natija bilan kumush, Otabek Karimov esa 169 kg natija bilan bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Ikki kurash yakunlariga ko‘ra, Azizbek Qutbiddinov 319 kg natija bilan kumush, Otabek Karimov esa 317 kg natija bilan bronza medal sohibiga aylandi.

Yoshlar o‘rtasidagi bahslarda esa Hikmatillo Haydarov mahoratini namoyish etdi. Sportchimiz dast ko‘tarishda 161 kg natija qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Siltab ko‘tarishda 196 kg natija bilan bronza medalga sazovor bo‘lgan Hikmatillo Haydarov ikki kurash yakunida 357 kg natija qayd etib, kumush medal sohibiga aylandi.

Shu tariqa, -85 kg vazn toifasida hamyurtlarimiz hisobiga 2 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medal qo‘shildi.

Hamyurtlarimizning medallar seriyasi davom etmoqda!

💻Instagram | 🎞YouTube 

📝Telegram |  📝Facebook

Barcha yangiliklar