Osiyo chempionatida yettinchi kun bahslari start oldi!
13 Avgust 2026

Bugun, 13-avgust kuni o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining yettinchi kun bahslari o‘tkaziladi.
Musobaqa dasturiga muvofiq, soat 10:00 dan qizlar o‘rtasida -77 kg vazn toifasining “A” guruhi ishtirokchilari bahslarga kirishdi. Mazkur vazn toifasida hamyurtlarimiz Dilnura Xoldorova va Dilnoza Fayzullayeva O‘zbekiston sharafini himoya qilmoqda.
Soat 12:30 dan yigitlar o‘rtasida -95 kg vazn toifasining “A” guruhi sportchilari medallar uchun kurash olib boradi. Ushbu bahslarda Bekzod G‘ofirjonov, Muhammadshokir Turdaliyev va Alisher Osmanov yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Kunning ikkinchi yarmida, soat 15:00 dan qizlar o‘rtasida +77 kg vazn toifasining “A” guruhi bahslari start oladi. Unda hamyurtimiz Hulkar Ro‘ziqulova ishtirok etadi.
Soat 17:30 da esa yigitlar o‘rtasida +95 kg vazn toifasining “A” guruhi sportchilari shohsupaning eng yuqori pog‘onasi uchun bahs olib boradi. Mazkur vazn toifasida Elbek Idiyev O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.
🤲 Sportchilarimizga bugungi bahslarda omad, kuch va zafar tilaymiz!
🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston!
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
Barcha yangiliklar