Bosh sahifa Tadbirlar Sportchilar Yangiliklar Aloqa
Yangiliklar

Dilnurada kumush, Dilnozada bronza!

Dilnurada kumush, Dilnozada bronza!

Osiyo chempionatining yettinchi kuni ham terma jamoamiz a’zolari uchun muvaffaqiyatli boshlandi. -77 kg vazn toifasida bahs olib borayotgan har ikki hamyurtimiz dast ko‘tarish yo‘nalishida shohsupadan joy oldi.

Jumladan, Dilnura Xoldorova 98 hamda 101 kg og‘irlikdagi toshlarni muvaffaqiyatli ko‘tarib, mazkur yo‘nalishda kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Dilnoza Fayzullayeva esa 100 kg natija qayd etib, dast ko‘tarish bahslarida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Ayni vaqtda -77 kg vazn toifasida siltab ko‘tarish bahslari davom etmoqda. Hamyurtlarimizga omad tilaymiz!

💻Instagram | 🎞YouTube 

📝Telegram |  📝Facebook

Barcha yangiliklar