Bosh sahifa Tadbirlar Sportchilar Yangiliklar Aloqa
Yangiliklar

-95 kg vazn toifasida o‘smirlar va yoshlarimizdan 6 ta medal!

-95 kg vazn toifasida o‘smirlar va yoshlarimizdan 6 ta medal!

-95 kg vazn toifasidagi bahslar terma jamoamiz vakillari uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. O‘smirlar o‘rtasida Muhammadshokir Turdaliyev siltab ko‘tarishda 196 kg natija qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi va Osiyo rekordini yangiladi. Ikki kurashda esa 349 kg natija bilan kumush medal sohibiga aylandi.

Alisher Osmonov ham o‘z chiqishini ikki medal bilan yakunladi. U siltab ko‘tarishda 184 kg natija bilan bronza, ikki kurashda esa 335 kg natija bilan yana bir bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Yoshlar o‘rtasida Bekzod G‘ofirjonov siltab ko‘tarishda 205 kg natija bilan kumush medalni, ikki kurashda esa 362 kg natija bilan yana bir kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Natijada -95 kg vazn toifasida vakillarimiz 1 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

💻Instagram | 🎞YouTube 

📝Telegram |  📝Facebook

Barcha yangiliklar