Hulkar Ro‘ziqulova — Osiyo chempionati sovrindori!
13 Avgust 2026
Qizlarimizning Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtirokini +77 kg vazn toifasida bahs olib borgan iste’dodli hamyurtimiz Hulkar Ro‘ziqulova munosib yakunlab berdi.
Sportchimiz murosasiz kechgan bellashuvlarda munosib ishtirok etib, dast ko‘tarish mashqida 94, 98 hamda 102 kg og‘irlikdagi toshlarni muvaffaqiyatli ko‘tardi va ushbu yo‘nalishda bronza medal sohibiga aylandi!
Hulkarni ushbu munosib natija bilan muborakbod etamiz!
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
Barcha yangiliklar
