Elbek Idiev — Osiyo chempionati sovrindori!
13 Avgust 2026
Musobaqaning navbatdagi kunini +95 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Elbek Idiev muvaffaqiyatli yakunladi.
Sportchimiz murosasiz kechgan bahslarda munosib ishtirok etib, dast ko‘tarishda 151, 154 va 157 kg, siltab ko‘tarishda esa 190 hamda 198 kg og‘irlikdagi toshlarni muvaffaqiyatli o‘ziga bo‘ysundirdi.
Shu tariqa, ikki kurash yakuniga ko‘ra jami 355 kg natija qayd etgan Elbek Idiev Osiyo chempionatining uchta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
Barcha yangiliklar


