Bosh sahifa Tadbirlar Sportchilar Yangiliklar Aloqa
Yangiliklar

Osiyo chempionatida so‘nggi kun bahslari start oldi!

Osiyo chempionatida so‘nggi kun bahslari start oldi!

Bugun, 14-avgust kuni o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining so‘nggi kun bahslari o‘tkaziladi.

Musobaqa dasturiga muvofiq, soat 10:00 dan qizlar o‘rtasida -86 kg va +86 kg vazn toifalarining “A” guruhi ishtirokchilari medallar uchun bahsga kirishadi.

Soat 13:00 dan yigitlar o‘rtasida -110 kg va +110 kg vazn toifalarining “A” guruhi sportchilari shohsupa uchun kurash olib boradi. Ushbu bahslarda -110 kg vazn toifasida Nodir Jo‘rayev, +110 kg vazn toifasida esa Omadillo Olimov O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.

🤲 Sportchilarimizga bugungi bahslarda omad, kuch va zafar tilaymiz!

💻Instagram | 🎞YouTube 

📝Telegram |  📝Facebook

Barcha yangiliklar