Omadillo Olimov — Osiyo chempionatining mutlaq chempioni!
14 Avgust 2026

Osiyo chempionatining so‘nggi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. +110 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Omadillo Olimov dast ko‘tarish dasturida 170 kg natija qayd etgan bo‘lsa, siltab ko‘tarishda 223 kg toshni muvaffaqiyatli ko‘tardi va ushbu yo’nalishda oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ikki kurash yakuniga ko‘ra jami 393 kg natija qayd etgan Omadillo yakunda barcha raqiblarini ortda qoldirib, Osiyo chempionatining mutlaq chempioniga aylandi!
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
Barcha yangiliklar