Bosh sahifa Tadbirlar Sportchilar Yangiliklar Aloqa
Yangiliklar

Aichi-Nagoya 2026: Osiyo o‘yinlari boshlanishiga 30 kun qoldi

Aichi-Nagoya 2026: Osiyo o‘yinlari boshlanishiga 30 kun qoldi

19-sentabr kuni Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida XX yozgi Osiyo o‘yinlariga start beriladi. Qit’aning yirik sport musobaqasida 45 ta Milliy olimpiya qo‘mitasidan 11 mingdan ortiq sportchi 43 ta sport turi bo‘yicha ishtirok etadi.

Bu yilgi Osiyo o‘yinlari qit’adagi ushbu yirik sport bayramining 75 yilligiga to‘g‘ri keladi. 1951-yilda Dehlida 11 ta davlat ishtirokida boshlangan Osiyo o‘yinlari bugungi kunga kelib dunyoning eng nufuzli ko‘p sport turlarini qamrab olgan musobaqalaridan biriga aylandi.

O‘zbekiston og‘ir atletika terma jamoasi vakillari ham Aichi-Nagoya 2026 doirasidagi bahslarda mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.

💻Instagram | 🎞YouTube 

📝Telegram |  📝Facebook

Barcha yangiliklar