Bosh sahifa Tadbirlar Sportchilar Yangiliklar Aloqa
Yangiliklar

Aichi-Nagoya–2026 sari: terma jamoa a’zolari antidoping seminarida qatnashdi

Aichi-Nagoya–2026 sari: terma jamoa a’zolari antidoping seminarida qatnashdi

Aichi-Nagoya–2026 Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari uchun antidoping masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan seminarda sportchilarga dopingga qarshi kurashning asosiy tamoyillari, taqiqlangan moddalar va usullar, doping nazoratining o‘tkazilish tartibi hamda xalqaro musobaqalar jarayonida amal qilinishi lozim bo‘lgan talablar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir davomida sportchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olib, dopingga qarshi qoidalarga qat’iy rioya qilish hamda sportda halollik va toza raqobat tamoyillarini ta’minlash muhimligini yana bir bor anglab oldilar.

Qayd etish kerak, mazkur seminar terma jamoa a’zolarining antidoping sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, xalqaro musobaqalarda belgilangan talablarga to‘liq rioya qilish hamda Aichi-Nagoya–2026 Osiyo o‘yinlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish yo‘lidagi muhim tadbirlardan biri bo‘ldi.

Toza sport — adolatli raqobat va munosib g‘alabaning muhim asosidir.

💻Instagram | 🎞YouTube 

📝Telegram |  📝Facebook

Barcha yangiliklar