Bosh sahifa Tadbirlar Sportchilar Yangiliklar Aloqa
Yangiliklar

Tavallud ayyom muborak, Sherzod Saidjonovich!

Tavallud ayyom muborak, Sherzod Saidjonovich!

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri, O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisi Sherzod Saidjonovich Hidoyatov tavallud kunini nishonlamoqda.

Sherzod Saidjonovichning mamlakatimiz qurilish sohasi, uy-joy va kommunal xo‘jaligini rivojlantirish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish hamda xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lidagi samarali faoliyati bilan bir qatorda, O‘zbekiston og‘ir atletikasini rivojlantirishga qaratayotgan e’tibor va tashabbuslari ham alohida e’tirofga loyiq.

Federatsiya raisi sifatidagi faoliyati davomida sportchilar uchun munosib sharoitlar yaratish, terma jamoalarimizning xalqaro musobaqalardagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlash, yosh va iqtidorli atletlarni tarbiyalash, shuningdek, mamlakatimizda og‘ir atletikani yanada rivojlantirish borasida muhim ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugun og‘ir atletikachilarimizning nufuzli xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarni qayd etib, O‘zbekiston bayrog‘ini munosib himoya qilayotgani ham ushbu sport turiga qaratilayotgan e’tibor va qo‘llab-quvvatlashning amaliy natijalaridan biridir.

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi jamoasi nomidan Sherzod Saidjonovichni tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz!

Sherzod Saidjonovichga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy xotirjamlik hamda mas’uliyatli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yurtimiz taraqqiyoti va O‘zbekiston sporti rivoji yo‘lidagi ezgu ishlarida yangi zafarlar hamroh bo‘lsin!

Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, Sherzod Saidjonovich!

💻Instagram | 🎞YouTube 

📝Telegram |  📝Facebook

Barcha yangiliklar