Tavallud ayyom muborak, Oybek Omilovich!
26 Avgust 2026
Bugun O‘zbek sporti va Olimpiya harakati rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi, O‘zbekiston Tekbol federatsiyasi raisi, O‘zbekiston Regbi federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari, OOK Etika qo‘mitasi a’zosi, “Do‘stlik” hamda Osiyo Olimpiya kengashining “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari sohibi Oybek Omilovich Kasimov tavallud topgan kun.
O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi jamoasi Oybek Omilovich Kasimovni tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etadi.
Fidokorona mehnati va sport sohasini rivojlantirish yo‘lidagi samarali faoliyatini yuksak qadrlagan holda, Oybek Omilovichga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy xotirjamlik va farovonlik, mas’uliyatli faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, ulkan zafarlar hamda yuksak marralarni tilaymiz.
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, Oybek Omilovich!
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
Barcha yangiliklar



