Bosh sahifa Tadbirlar Sportchilar Yangiliklar Aloqa
Yangiliklar

Bahrom Mendiboyevni tavallud ayyomi bilan muborakbod etamiz!

Bahrom Mendiboyevni tavallud ayyomi bilan muborakbod etamiz!

Bugun O‘zbekiston og‘ir atletikasi rivojiga ko‘p yillik samarali mehnati, boy tajribasi va fidoyiligi bilan munosib hissa qo‘shib kelayotgan, O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni sohibi Bahrom Mendiboyev tavallud kunini nishonlamoqda.

Bahrom Mendiboyev sportchi sifatida faoliyat yuritgan davrida yirik xalqaro musobaqalarda mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilgan bo‘lsa, bugun tajribali murabbiy sifatida o‘zining boy bilim va ko‘nikmalarini yosh avlod tarbiyasiga yo‘naltirib, O‘zbekiston og‘ir atletikasining yangi avlodini shakllantirishga katta hissa qo‘shib kelmoqda.

Bugun O‘zbekiston og‘ir atletikasi xalqaro maydonda o‘zining munosib o‘rniga ega. Sportchilarimizning dunyoning kuchli og‘ir atletikachilari qatorida e’tirof etilayotgani, nufuzli musobaqalarda yuksak natijalarga erishayotgani, avvalo, fidoyi ustoz va murabbiylarning, xususan, Bahrom Mendiboyevning ko‘p yillik mehnati va tajribasi bilan chambarchas bog‘liq.

Ustozning professional yondashuvi, talabchanligi, sportchilarga bo‘lgan e’tibori va ularga bildirgan ishonchi natijasida terma jamoamiz vakillari Osiyo va jahon chempionatlari, Olimpiya o‘yinlari kabi nufuzli musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, Vatanimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarib kelmoqda.

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi jamoasi nomidan hurmatli Bahrom Mendiboyevni tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz!

Ustozga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kuch-g‘ayrat, murabbiylik faoliyatida yangi zafarlar va shogirdlari bilan hali ko‘plab ulkan g‘alabalarni qo‘lga kiritishini tilaymiz!

Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, Bahrom Rustamovich!

💻Instagram | 🎞YouTube 

📝Telegram |  📝Facebook

Barcha yangiliklar