Shaxrillo Maxmudov Navoiy viloyatida sayyor qabul o‘tkazdi
27 Avgust 2026
Sport vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov Navoiy viloyatiga xizmat safari doirasida sport sohasi vakillari hamda fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazdi.
Tadbirda Navoiy viloyati Sport boshqarmasi boshlig‘i Jasur Murtozayev, sport maktablari rahbarlari, yo‘riqchi-uslubchilar, xodimlar hamda trener-murabbiylar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida viloyatda sportni rivojlantirish, sport federatsiyalari faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek, trener-murabbiylar faoliyatida mavjud dolzarb masalalar muhokama qilindi. Yaqin kunlarda start oladigan “Prezident olimpiadasi” musobaqalariga tayyorgarlik jarayoni yuzasidan ham atroflicha ma’lumot berildi.
Sayyor qabul davomida trener-murabbiylar, sportchilar va soha vakillarining taklif hamda murojaatlari tinglanib, ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
Barcha yangiliklar

