Nurullo Tog‘oyev va Kamila Abdullayeva “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi
28 Avgust 2026
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yoshlarni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda yurtimiz sharafini xalqaro maydonlarda munosib himoya qilishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan soha vakillari “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Quvonarlisi, mazkur yuksak e’tirofga O‘zbekiston og‘ir atletika terma jamoasi murabbiylari Nurullo Tog‘oyev hamda Kamila Abdullayeva ham munosib ko‘rildi.
Ular ko‘p yillik samarali mehnati, sportchilarni nufuzli musobaqalarga tayyorlashdagi fidoyiligi, yosh va iqtidorli og‘ir atletikachilarni tarbiyalash, shuningdek, mamlakatimiz og‘ir atletikasi rivojiga qo‘shib kelayotgan munosib hissasi bilan alohida e’tirofga sazovor bo‘lib kelmoqda.
Mazkur mukofot murabbiylarimizning samarali faoliyati va sportchilarimizning yuqori natijalarida aks etayotgan mehnatining munosib e’tirofi bo‘ldi.
O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi jamoasi Nurullo Tog‘oyev va Kamila Abdullayevani ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etadi hamda kelgusidagi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaydi!
Yurtimiz og‘ir atletikasi rivoji yo‘lidagi samarali faoliyatingizda yangi yutuqlar yor bo‘lsin!
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
Barcha yangiliklar



