Istiqlolimizning 35 yilligi muborak, aziz yurtdoshlar!
31 Avgust 2026

Mustaqillik yurtimiz hayotining barcha jabhalarida bo‘lgani kabi, sport sohasida ham keng imkoniyatlar yaratdi. Bugun mamlakatimiz sportchilari jahon arenalarida yurtimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarib, xalqaro maydonlarda munosib raqobat qilmoqda. Qo‘lga kiritilayotgan yutuq va g‘alabalarimiz — istiqlol va erkin taraqqiyotimizning yorqin samarasidir.
Vatanimiz ravnaqi, sportimiz taraqqiyoti va mustaqilligimizni yanada mustahkamlash yo‘lida sidqidildan xizmat qilish — barchamizning sharafli burchimizdir.
O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!
Ushbu qutlug‘ ayyomda yurtimizga tinchlik va osoyishtalik, xalqimizga sihat-salomatlik, har bir xonadonga baxt-saodat, farovonlik va fayzu baraka tilaymiz.
Vatanimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
Barcha yangiliklar