Bosh sahifa Tadbirlar Sportchilar Yangiliklar Aloqa
Yangiliklar

Sharofiddin Amriddinov — xorijiy OAV e’tiborida!

Sharofiddin Amriddinov — xorijiy OAV e’tiborida!

O‘zbek og‘ir atletikasining yorqin vakillaridan biri, yoshlar va kattalar o‘rtasidagi nufuzli xalqaro musobaqalar g‘olib va sovrindori Sharofiddin Amriddinovning sportdagi faoliyati xorijiy OAV e’tiborini tortmoqda.

Jumladan, Rossiyaning og‘ir atletika yangiliklarini yoritib boruvchi WeigliftingNews saytida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sharofiddin Amriddinov haqida maxsus material e’lon qilindi. Unda sportchimizning navbatdagi nufuzli musobaqa — Jahon chempionatiga olib borayotgan tayyorgarligi va mashg‘ulotlarda qayd etayotgan natijalari haqida so‘z yuritilgan.

Xususan, nashr Sharofiddin Amriddinovning avvalgi yutuqlarini ham alohida e’tirof etib, shunday yozadi:

“Sharofiddin Amriddinov 2024-yilgi Jahon chempionatida -109 kg vazn toifasida dast ko‘tarish bahslarida 181 kg natija bilan g‘olib bo‘lgan.

Ayni paytda esa u Xitoyda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi Jahon chempionatiga faol ravishda sport formasini yaxshilamoqda. Ko‘tarayotgan vaznlari uning musobaqaga juda jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotganidan dalolat bermoqda:

Dast ko‘tarish — 200 kg.

Siltab ko‘tarish — 230 kg.”

Bu natijalar Sharofiddin Amriddinovning tobora yuqori sport formasiga kirib borayotganidan dalolat beradi. Eng muhimi, sportchimizning xalqaro OAV e’tiboriga tushayotgani uning nafaqat O‘zbekistonda, balki jahon og‘ir atletikasi sahnasida ham salohiyati yuqori atlet sifatida e’tirof etilayotganini ko‘rsatadi.

💻Instagram | 🎞YouTube 

📝Telegram |  📝Facebook

Video Barcha yangiliklar