Bosh sahifa Tadbirlar Sportchilar Yangiliklar Aloqa
Yangiliklar

O‘zbekiston kubogi oldidan yangi og‘ir atletika zalidagi sharoitlar ko‘zdan kechirildi

O‘zbekiston kubogi oldidan yangi og‘ir atletika zalidagi sharoitlar ko‘zdan kechirildi

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida yangi tashkil etilgan og‘ir atletika zalida sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida zalning zamonaviy sport jihozlari bilan ta’minlangani, mashg‘ulotlar uchun yaratilgan qulayliklar hamda sportchilarning sifatli tayyorgarlik ko‘rishi uchun mavjud imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

Ma’lumot uchun, 8–15-sentabr kunlari mazkur markazda kattalar va yoshlar (U-20) o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan musobaqani yuqori saviyada tashkil etish, sportchilar uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish hamda tayyorgarlik jarayonlarini sifatli tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

💻Instagram | 🎞YouTube 

📝Telegram |  📝Facebook

Barcha yangiliklar