Bosh sahifa Tadbirlar Sportchilar Yangiliklar Aloqa
Yangiliklar

Shaxrillo Maxmudov O‘zbekiston kubogida sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

Shaxrillo Maxmudov O‘zbekiston kubogida sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

Bugun poytaxtimizdagi Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining yangi foydalanishga topshirilgan og‘ir atletika zalida kattalar va yoshlar (U-20) o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi bahslariga start berildi.

Musobaqa avvalida O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi direktori Akrom Nizametdinov bilan birgalikda sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda mashg‘ulot va musobaqalarni o‘tkazish uchun hozirlangan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida musobaqani belgilangan talablar asosida yuqori saviyada tashkil etish, sportchilar uchun qulay va munosib sharoitlarni ta’minlash, shuningdek, bellashuvlarning tashkiliy jihatlariga alohida e’tibor qaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston kubogida yurtimizning eng kuchli atletlari g‘oliblik uchun murosasiz bahslarga kirishadi. Biroq mazkur musobaqaning ahamiyati faqat sovrinli o‘rinlar uchun kurash bilangina cheklanmaydi.

O‘zbekiston kubogi joriy yil Xitoyning Ningbo shahrida bo‘lib o‘tadigan kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatiga saralash musobaqasi sifatida ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu bois bu yerda har bir ko‘tarilgan kilogramm, har bir urinish va qayd etilgan har bir natija muhim. Atletlar uchun ushbu musobaqa nafaqat mamlakat kubogi uchun kurash, balki jahon chempionatiga yo‘llanma olish va xalqaro maydonda munosib ishtirok etish yo‘lidagi muhim bosqichdir.

💻Instagram | 🎞YouTube 

📝Telegram |  📝Facebook

Barcha yangiliklar