O‘zbekiston kubogi — yangi va zamonaviy zalda o‘tkazilmoqda
9 Sentabr 2026
Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida foydalanishga topshirilgan zamonaviy og‘ir atletika zali O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimiz sportiga munosib tuhfa bo‘ldi.
E’tiborlisi, kattalar va yoshlar (U-20) o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi bahslari mazkur zamonaviy zalda ilk bor o‘tkazilmoqda.
Xalqaro standartlarga mos tarzda jihozlangan yangi zal sportchilar uchun qulay sharoit yaratish bilan birga, yirik va nufuzli musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish uchun ham keng imkoniyatlar ochadi.
Qayd etish kerak, yangi maskan yurtimizda og‘ir atletika sportini yanada rivojlantirish, iqtidorli atletlar uchun munosib sharoitlar yaratish va kelajakdagi katta g‘alabalar uchun mustahkam zamin bo‘lib xizmat qiladi.
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
Barcha yangiliklar








