Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan terma jamoamiz tarkibi ma’lum!
9 Sentabr 2026

Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahrida bo‘lib o‘tadigan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan terma jamoamiz tarkibi tasdiqlandi.
To‘rt yillikning nufuzli sport musobaqasida yurtimiz sharafini quyidagi og’ir atletikachilarimiz himoya qiladi:
🏋🏻♂️ Erkaklar:
-65 kg — Adhamjon Ergashev
-75 kg — Diyorbek Ruzmetov
-85 kg — Hasanboy Bardiyev
-95 kg — Muhammadqodir Toshtemirov
-110 kg — Akbar Jo‘rayev
🏋🏻♀️ Ayollar:
-53 kg — Nigora Abdullayeva
Murabbiylar: Bahrom Mendiboyev, Mahmud Tog‘oyev, Jurabek Zairov
🩺 Shifokor: Abiddin Muslimov
Ma’lumot uchun, og‘ir atletika bahslari Nagoya shahridagi Savdo va sanoat markazi (Nagoya City Trade and Industry Center)da 23–29-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Terma jamoamiz vakillariga Aichi-Nagoya 2026da omad va zafar tilaymiz!
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
Barcha yangiliklar