Eron delegatsiyasi O‘zbekiston kubogi va yangi og‘ir atletika zali bilan tanishdi
11 Sentabr 2026
Bugun Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Ali Iskandariy hamda Eron Islom Respublikasining Sport va yoshlar ishlari vaziri Ahmad Donyamali Kattalar va yoshlar (U-20) o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi bahslarini kuzatish uchun tashrif buyurdi.
Mehmonlarni O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov kutib oldi.
Tashrif davomida Eron vakillari Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida bo‘lib, musobaqa jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, bellashuvlar o‘tkazilayotgan yangi bunyod etilgan og‘ir atletika zali, uning zamonaviy infratuzilmasi hamda sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Mehmonlar O‘zbekiston kubogi bahslarini bevosita kuzatar ekan, musobaqaning yuqori saviyada tashkil etilgani, yangi sport inshooti va sportchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar katta taassurot qoldirganini ta’kidladi.
Qayd etish kerak, mazkur tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi sport sohasidagi do‘stona aloqalar va hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
Video Barcha yangiliklar