Bosh sahifa Tadbirlar Sportchilar Yangiliklar Aloqa
Yangiliklar

O‘zbekiston kubogida uchinchi kun: yangi rekord va murosasiz bahslar

O‘zbekiston kubogida uchinchi kun: yangi rekord va murosasiz bahslar

O‘zbekiston kubogi bahslari tobora qizg‘in pallaga kirib bormoqda. Musobaqaning uchinchi kunida ham sportchilar g‘oliblik uchun bor mahoratini ishga solib, murosasiz bellashuvlarda kuch sinashdi.

Xususan, -70 kg vazn toifasida Xorazm viloyati vakili Dastonbek Azimbayev dast ko‘tarishda 127 kg, siltab ko‘tarishda esa 154 kg natija qayd etdi. Ikki kurash yakuniga ko‘ra 281 kg natija bilan yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston rekordini yangiladi.

Taqdirlash marosimida O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shaxrillo Mahmudov ham ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlarni munosib natijalari bilan muborakbod etdi.

📊 Uchinchi kun yakunlariga ko‘ra:

Yoshlar o‘rtasida Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi 4 ta oltin va 2 ta kumush — jami 6 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kattalar o‘rtasida esa Surxondaryo viloyati 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza — jami 5 ta medal bilan peshqadamlikni qo‘lga kiritgan.

💻Instagram | 🎞YouTube 

📝Telegram |  📝Facebook

Barcha yangiliklar