Bosh sahifa Tadbirlar Sportchilar Yangiliklar Aloqa
Yangiliklar

Sarvar Zafarjonovdan rekordlarga boy chiqish!

Sarvar Zafarjonovdan rekordlarga boy chiqish!

Sarvar Zafarjonov bugun o‘zining yuqori sport formasini yana bir bor namoyish etdi.

Toshkent viloyati vakili, terma jamoamizning yetakchi atletlaridan biri Sarvar Zafarjonov -85 kg vazn toifasida dast ko‘tarishda 167 kg, siltab ko‘tarishda 208 kg hamda ikki kurash yakuniga ko‘ra 357 kg natija qayd etib, har uchala yo‘nalishda ham O‘zbekiston rekordlarini yangiladi.

Qayd etish kerak, sportchimizning mazkur natijalari oldinda turgan jahon chempionati arafasida uning jismoniy va sport tayyorgarligi yuqori darajada ekanini ko‘rsatdi.

💻Instagram | 🎞YouTube 

📝Telegram |  📝Facebook

Video Barcha yangiliklar