Bosh sahifa Tadbirlar Sportchilar Yangiliklar Aloqa
Yangiliklar

Shaxrillo Maxmudovni tavallud ayyomi bilan muborakbod etamiz!

Shaxrillo Maxmudovni tavallud ayyomi bilan muborakbod etamiz!

Bugun Sport vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari, Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi vitse-prezidenti, Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasi a’zosi, “Mehnat shuhrati” va I darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordenlari sohibi, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni egasi Shaxrillo Sharipovich Maxmudovning tavallud ayyomi.

Shaxrillo Sharipovich uzoq yillar davomida og‘ir atletika bo‘yicha terma jamoa bosh murabbiyi va federatsiya bosh kotibi lavozimlarida faoliyat yuritib, 2013-yildan buyon federatsiya raisining birinchi o‘rinbosari sifatida samarali mehnat qilib kelmoqda.

Ko‘p yillik fidokorona mehnat va professional tajriba mamlakatimiz og‘ir atletikasining rivoji, xalqaro maydondagi nufuzi hamda Ruslan Nuriddinov, Akbar Jo‘rayev, Doston Yoqubov, Tursunoy Jabborova, Nigora Abdullayeva kabi mahoratli sportchilarning yetishib chiqishida muhim o‘rin tutadi.

Shuningdek, 2023-yilda Xitoyda o‘tkazilgan XIX Osiyo o‘yinlarining og‘ir atletika musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish komissiyasiga raislik qilgani ham katta mas’uliyat va yuksak ishonchning ifodasidir. Rio-2016, Tokio-2020 va Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida sportchilarimizning muvaffaqiyatli ishtirokida ham Shaxrillo Sharipovichning munosib hissasi bor.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi jamoasi nomidan Shaxrillo Sharipovich Maxmudovni tavallud ayyomi bilan muborakbod etamiz!

Yurtimiz sporti, xususan, og‘ir atletika rivoji yo‘lidagi ezgu ishlaringiz bardavom bo‘lsin.

Yangi yosh — yangi marralar, ulkan zafarlar va yanada katta muvaffaqiyatlar davri bo‘lsin!

Hurmat bilan,

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi jamoasi

💻Instagram | 🎞YouTube 

📝Telegram |  📝Facebook

Barcha yangiliklar