Bosh sahifa Tadbirlar Sportchilar Yangiliklar Aloqa
Yangiliklar

Chirchiqda milliy terma jamoamiz uchun yangilangan mashg‘ulotlar zali foydalanishga topshirildi!

Chirchiqda milliy terma jamoamiz uchun yangilangan mashg‘ulotlar zali foydalanishga topshirildi!

O‘zbekiston og‘ir atletika terma jamoasi foydalanadigan Chirchiq shahridagi mashg‘ulotlar zali to‘liq rekonstruksiya qilinib, zamonaviy talablarga mos ravishda qayta jihozlandi.

📊Yangilanishlar davomida zalning maydoni kengaytirildi, pol qismi mustahkamlandi. Natijada mashg‘ulotlar uchun taxtasupalar soni 8 tadan 12 taga yetkazildi.

Shuningdek, sportchilar ixtiyoriga zamonaviy fitnes trenajorlari va zarur mashg‘ulot anjomlari taqdim etildi.

Mazkur yangilanishlar terma jamoa a’zolari uchun yanada qulay va samarali mashg‘ulot muhitini yaratish, sportchilar tayyorgarligi sifatini oshirishga xizmat qiladi.

📹 Yangilangan mashg‘ulotlar zalini videolavha orqali tomosha qiling!

💻Instagram | 🎞YouTube 

📝Telegram |  📝Facebook

Barcha yangiliklar