Bosh sahifa Tadbirlar Sportchilar Yangiliklar Aloqa
Yangiliklar

“INSON FAXRI” MILLIY MUKOFOTI o’z egalarini topdi

“INSON FAXRI” MILLIY MUKOFOTI o’z egalarini topdi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan tashkil etilgan “INSON FAXRI” milliy mukofotining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida ezgulik, insoniylik va fidoyilikni o‘z hayoti, mehnati, jasorati hamda ezgu amallari bilan namoyon etib kelayotgan insonlar turli nominatsiyalar bo‘yicha e’tirof etildi.

Tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi xonimi Ziroatxon Mirziyoyeva, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva hamda Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov ishtirok etdi.

Mazkur marosimga terma jamoamiz a’zolari — Ruslan Nurudinov, Sarvarbek Zafarjonov, Rigina Adashbayeva, Marjona Abdumutalova va Sharofiddin Amriddinov ham taklif etildi.

Inson qadrini ulug‘lash, jamiyatda mehr-oqibat va insonparvarlik tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan ushbu tadbir samimiy tuyg‘ular, hayajon va ilhomga boy bo‘ldi.

“Inson faxri” — insoniylikka ehtirom!

💻Instagram | 🎞YouTube 

📝Telegram |  📝Facebook

Barcha yangiliklar