Bosh sahifa Tadbirlar Sportchilar Yangiliklar Aloqa
Yangiliklar

Andijon viloyati og’ir atletika federatsiyasiga yangi rais saylandi

Andijon viloyati og’ir atletika federatsiyasiga yangi rais saylandi

📍 Xo’jaobod tumanidagi “Samo” ma’muriy binosida O’zbekiston og’ir atletika federatsiyasi Andijon viloyati hududiy bo’limining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo’lib o’tdi.

➡️ Unda O’zbekiston og’ir atletika federatsiyasi nomidan Sport vazirligi huzuridagi Og’ir atletika markazi direktori Valijon Yuldashev, Andijon viloyati sport boshqarmasi boshlig’i, O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasining Andijon viloyati hududiy bo’limi rahbari hamda Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi direktori ishtirok etdi.

🔺 Konferensiyada viloyatda og’ir atletika sport turini rivojlantirish, erishilgan natijalar, mavjud muammolar va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

📝 Hisobot-saylov konferensiyasi yakunida “Samo” korxonasi rahbari Akramjon G’aniyev Andijon viloyati og’ir atletika federatsiyasi raisi etib saylandi. Shuningdek, Mashhurbek Yuldashev ijrochi direktor, Zafarbek Hakimov bosh kotib, Shuhratbek Alixanov esa bosh murabbiy etib saylandi.

🗣Tadbir davomida og’ir atletika sport turini rivojlantirish, yosh sportchilarni tayyorlash va mamlakatimiz sharafini munosib himoya qiladigan atletlarni tarbiyalashdagi xizmatlari uchun Rustamjon Mamadiminovich Maxmudov tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

💻Instagram | 🎞YouTube 

📝Telegram |  📝Facebook

Barcha yangiliklar