O‘zbekiston va Turkmaniston terma jamoalari Chirchiqda qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini davom ettirmoqda
28 Noyabr 2026
🦾Ayni kunlarda Chirchiq shahrida O‘zbekiston va Turkmaniston og‘ir atletika milliy terma jamoalari ishtirokida qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davom etmoqda.
💪Mashg‘ulotlar davomida har ikki mamlakat sportchilari murabbiylar rahbarligida jismoniy, texnik va taktik tayyorgarlik darajasini oshirish, sport mahoratini takomillashtirish hamda kelgusi xalqaro musobaqalarga puxta hozirlik ko‘rish ustida ishlamoqda.
O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabi safida xorijlik mutaxassis, maslahatchi murabbiy Gao Kaiwen ham faoliyat olib bormoqda. Uning xalqaro tajribasi va mutaxassislik salohiyati mashg‘ulotlar jarayonini takomillashtirishda muhim o‘rin tutadi.
Do‘stona va professional muhitda o‘tayotgan qo‘shma yig‘in ikki mamlakat terma jamoalari o‘rtasida tajriba almashish, mashg‘ulot jarayonini yanada takomillashtirish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
🗓️Qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 5-dekabrga qadar davom etadi.
📷 O‘zbekiston va Turkmaniston terma jamoalarining Chirchiq shahridagi mashg‘ulot jarayonlaridan lavhalar.
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
Barcha yangiliklar








